
A Seriya. Mourino chetlatilgan va Shomurodov o‘ynagan uchrashuvda "Roma" imkoniyatni boy berdi
Italiya A Seriya 7-turi doirasidagi "Roma" - "Atalanta" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda mehmonlar safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 35-daqiqada Jorjio Skalvini tomonidan kiritildi. Qo‘shimcha qilamizki, Rim klubi ustozi Joze Mourino o‘yinning 57-daqiqasida qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Shuningdek, legionerimiz Eldor Shomurodov uchrashuvning 79-daqiqasida Temmi Abraxamning o‘rniga maydonga tushdi.
Fikrlar