
A Seriya mashg‘ulotlarga ruxsat berdi, liga futbolchilarida esa hamon viruslar aniqlanmoqda
"Sampdoriya" klubi yana 3 ta futbolchisida koronavirus kasalligi aniqlanganini e’lon qildi.
Avval, virus aniqlangan futbolchilardan biri sog‘ayganligi ma’lum bo‘lgandi, ammo qayta test topshirganida, unda COVID-19 kasalligi borligi yana bir bor aniqlangan.
Klub bergan ma’lumotga ko‘ra, mashg‘ulotlar uchun jamoa yig‘ilganida virus uchun test topshirilgan. Aynan, shundan so‘ng, futbolchilarda virus aniqlandi.
Fikrlar