
A Seriya. "Inter" "Atalanta"ni tor-mor etdi
A Seriya 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Inter" o‘z maydonida "Atalanta"ni mehmon qildi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Gollarga Darmian, Martines, Dimarko va Fratezzi mualliflik qildi.
Ochkolari sonini 69 taga etkazib olgan Indzagi shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisi "Yuventus"ni 12 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar