
A Seriya. Derbida kuchlar teng keldi. Shomurodov esa zaxiradan maydonga tushdi
Italiya A Seriyasining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.
Ushbu tur doirasida Klaudio Ranieri boshchiligidagi "Roma" "Latsio" bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Avval uchrashuvning 49-daqiqasida Romanioli hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Sule chiroyli gol orqali hisobni tenglashtirgan holda, jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.
Mazkur o‘yinning 59-daqiqasida esa milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Latsio
- Alessio Romagnoli 47'
Tugadi
1
:
1
13.04.2025 23:45

Roma
- Matías Soulé 69'
Fikrlar