
A Seriya. Chalxanoglu "Milan"ga 3 ochko keltirdi
Florentsiya shahridagi "Artemio Franki" stadionida kechgan uchrashuvda "rossonerilar" minimal hisobda zafar quchishdi. Bellashuvdagi yagona gol 35-daqiqada Xakan Chalxanoglu tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, milanliklar hisobidagi ochkolar soni 62 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Fialkalar" esa 40 ochko bilan 13-pog‘onadan o‘rin olishgan.
Fikrlar