
A Seriya. Bugun Shomurodov jamoasi hal qiluvchi bahsda Mourinoning "Roma"siga qarshi maydonga chiqadi
Bugun Italiya A Seriyasining 38-turi o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Spetsiya" safarda "Roma" bilan bellashadi. Uchrashuv starti Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Spetsiya" 31 ochko jamg‘argan holda chempionat turnir jadvalida 17-pog‘onada bormoqda. "Roma" esa 60 oko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Agar "Spetsiya" bu o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, quyi ligaga tushib ketish ehtimoli oshib ketadi.
Fikrlar