A Pro-liga. 13-tur o‘yinlarining boshlanish vaqti, "Sherdor" - "Neftchi" uchrashuvi 12 avgustga ko‘chirildi

  • 26 iyul, 2019, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

28 iyul kuni A Pro-ligada tanaffusdan keyingi tur o‘yinlari start oladi.

Tecno

PFL rasmiy saytining xabar berishicha 13-tur doirasida shu kuni avvaldan belgilangani kabi to‘rt emas, balki uchta bellashuv o‘tkaziladi. Quyida o‘yinlarning o‘tish vaqti ko‘rsatib o‘tilgan:

28 iyul, yakshanba

17:30 ISTIQLOL — OQ-TEPA

18:45 XORAZM — ShO‘RTAN

19:15 MASh’AL — IFTIXOR

12 avgust, dushanba

18:00 ShERDOR — NEFTChI

“Sherdor” hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv har ikki klub safida umumiy 10 ga yaqin asosiy tarkib futbolchilari davlat test imtihonlarida ishtirok etayotgani sabab, 12 avgust sanasiga ko‘chirildi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi test sinovlarida jamoa futbolchilariga muvaffaqiyat tilaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!