
"Zenit" "Inter" xavbekini o‘z safida ko‘rmoqchi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Inter" xavbeki Joau Mariuning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Rus nashrlarining yozishicha agar piterliklar Klaudio Markizioni qo‘lga kirita olishmasa, bor e’tiborlarini aynan 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga qaratishadi. Unga ko‘ra "Zenit" Mariuni 3 million evro evaziga "neradzurrilar"dan ijaraga olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Inter" rahbariyati ham Mariuga o‘zi uchun boshqa jamoa qidirishni aytgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Chunki, u jamoa bosh murabbiyi Luchano Spallettining rejalariga kirmaydi.
Fikrlar