"Yuventus" qishda yana bir yirik transferga qo‘l urmoqchi

  • 27 sentabr, 2018, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi bo‘lajak qishki transferlar davrida o‘zining navbatdagi yirik xaridini amalga oshirmoqchi.

Tecno

Sun Sport nashrining xabar berishicha “keksa sinora” davralar oralig‘ida "Manchester Yunayted"dagi sobiq futbolchisi Pol Pogbani qaytarib olishga urunib ko‘radi.

Ta’kidlash kerakki, MYu bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari tobora keskinlashib borayotgan frantsiyalik futbolchi ham Turin super klubiga qaytish istagini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pogba "Manchester Yunayted" safiga 2016 yil 105 million evro evaziga aynan "Yuventus"dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!