
Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi ikki braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati vitse-chempioni «Kashima Antlers» Yaponiya «Jey» ligasining yana bir a’zosi «Vissel Kobe» klubidan Pedro Junionini hamda «Albireks Niigata» jamoasidan Leo Silvani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshlik Pedro Junioni «Vissel Kobe» safida o‘tgan mavsum davomida 29 o‘yinda maydonga tushgan va 11 golga mualliflik qilgan edi. Leo Silva esa 32 uchrashuvda «Albireks Niigata» sharifini himoya qilgan va 5 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar