Yaponiya. Musaevning jamoasi OChL g‘olibini mag‘lub etdi

  • 1 aprel, 2018, 19:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Yaponiya chempionatida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klubi bu tur o‘z maydonida o‘tgan mavsum OChL g‘olibi bo‘lgan “Urava Reds Daymonds”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu o‘yinda hisobni mehmonlar ochgan bo‘lsada, yakunda “Jubilo Ivata” iroda namoyish etib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Musaev uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Eslatib o‘tamiz, Fozil O‘zbekiston terma jamoasi safida Marokashga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Yaponiya chempionati. 5-tur

“Jubilo Ivata” – “Urava Reds Daymonds” 2:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!