Xummels sochlarini nega sariqqa bo‘yaganini aytdi (Foto)
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Mats Xummels Bundesliganing 16-turida “RB Leyptsig” jamoasiga (3:0) qarshi bahsga sochlarini sariq rangga bo‘yagan holda tushdi. Bunga futbolchining garovda yutfazgani sabab bo‘lgan.
“O‘yin paytida raqibim men uch urinishda uddalay olmagan ishni bir martadayoq uddalagani – kegillarni ko‘proq yiqitgani uchun o‘zaro garovda yutqazib qo‘ydim.
Bu ko‘rinishim meni biroz g‘alati ko‘rsatishidan qo‘rqqandim. Ammo, aksincha bo‘lganidan hursandman. Faqat bunga ko‘nikishimga bir oz vaqt kerak.
Turmush o‘rtog‘im ham ko‘rinishim yanada xunuklashib ketishini o‘ylab, cho‘chigan edi. Lekin, sochim yana bir necha haftadan so‘ng o‘sib ketadi”, - deydi Germaniya terma jamoasi a’zosi Bild nashriga bergan intervyusida.




Fikrlar