
Xummels chorak finalda “Borussiya D”ga to‘qnash kelishni istamayapti
Xabaringiz bor 7-8 mart kunlari Evropaning bir qator shaharlarida Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, “Borussiya D”, “Bavariya”, “Barselona” va “Real” klublari chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
“Bavariya” klubi himoyachisi Mats Xummels o‘zining chorak final haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Men xalqaro maydonlarda “Borussiya D”ga qarshi to‘qnash kelishni istamayman. Men uchun boshqa chempionat vakillariga qarshi o‘ynash qiziqarliroq”, - deydi Xummelsa Bild nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Xummels 2009-2016 yillarda aynan “Borussiya D” sharafini himoya qilgan. Dortmundlik muxlislar esa uning asosiy raqobatchisi safiga o‘tib ketganliklarini keskin qoralashgan edi.
Fikrlar