
Xokkey bo‘yicha Shvetsiya terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Daniyada xokkey bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Jahon chempionligi uchun kechgan o‘yinda amaldagi g‘olib Shvetsiya hamda Shveytsariya terma jamoalari bahs olib borishdi.
Keskin va murosasiz kechgan bellashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etilib, g‘olib nomi bullitlar seriyasida aniqlandi. O‘ziga xos lotereyada shvetsiyalik xokkeychilarning qo‘li baland kelib, chempionlikni munosib himoya qilishdi. Shu tariqa shvedlar o‘z tarixlarida 11-bor jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi. Musobaqaning bronza medali esa AQSh termasiga nasib etdi.
Shvetsiya – Shveytsariya – 3:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0, bullitlar bo‘yicha - 1:0)
Fikrlar