
Xitoylik suzuvchi qiz rekord o‘rnatsa ham natijasidan qoniqmadi
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bir qator sport bellashuvlarida turli rekordlar qayd etilmoqda. Mana shunday rekordlardan biri ayollar o‘rtasida 800 metrga erkin suzish bo‘yicha bahsda qayd etildi.
Ushbu bellashuvda Xitoy terma jamaosi vakilasi Vang Jianjiaxe 8 daqiqa 18.55 soniya bilan Osiyo o‘yinlarining rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Avvalgi rekord 8 yil muqaddam Guanchjouda o‘rnatilgan bo‘lib, unga boshqa bir xitoylik suzuvchi mualliflik qilgandi.
Bellashuvdan keyin Vang bergan intervyusida oltin medal olgan va musobaqa rekordini yangilagan bo‘lsa ham natijasidan qoniqish hosil qilmaganini aytdi. Bunga esa jahon rekordidan ancha ortda qolayotganini izoh keltirib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu masofada jahon rekordi 8 daqiqa 4.79 soniyaga teng bo‘lib, Rio Olimpidasida amerikalik Keti Lideki tomonidan o‘rnatilgan edi.
Fikrlar