
Xitoy. "Shanxay SIPG" Maskerano to‘p suradigan klub bilan durang o‘ynadi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi safarda "Xebey Chayna Forchun" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
"Langfang" stadionida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, "Xebey Chayna" safida Esekel Lavessi va Xaver Maskerano kabi yulduz futbolchilar to‘p suradilar va bugungi uchrashuvda ham ular 90 daqiqa maydonda harakat qilishdi.
Fikrlar