
Xenk ten Kate: Toshkentga kuchli tarkib bilan etib keldik
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning dastlabki qismida "Al Vaxda" ustozi Xenk ten Kate ishtirok etdi va bo‘lajak bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bilidirib o‘tdi.
"Ertaga har ikki jamoani ham juda qiziqarli o‘yin kutib turibdi. O‘tgan yil bu erda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edik.
"Lokomotiv" kuchli jamoa, so‘nggi bir necha yillardan buyon muntazam OChLda ishtirok etib kelmoqda. Men ularning o‘yinlarini o‘rganib chiqdim. Jumladan Superkubok o‘yinini ham. Biz eng kuchli tarkib bilan Toshkentga keldik va g‘alaba uchun haratak qilamiz.
Men ortga qarab ish qilmayman, o‘tgan yil o‘yin ortda qolib bo‘ldi va men doimo kelakakka qarayman. Dastlabki o‘yinlardanoq g‘alaba qozonib, yaxshi start olishni istaymiz.
Men nimalarnidir o‘zgartirishga harakat qildim. Har bir yangi murabbiy yangi kelgan jamoasini albatta o‘zgartirishi tabiiy.
Qaysi chempionat kuchli? Xitoy juda katta mamlakat va ko‘pincha uzoq parvozlar qilishga to‘g‘ri keladi. Qatar esa kichik mamlakat va juda qulay. Men bir chempionatni kuchli yoki kuchsiz deb ayta olmayman. Boisi, har bir liganing o‘ziga xos kuchli jamoalari va derbilari mavjud", - dedi gollandiyalik mutaxassis.
Fikrlar