
WSB VII mavsum: “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team”. LIVE
Bugun “O‘zbekiston” sport majmuasida Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsumida “S” guruhi 3-turida “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoasini qabul qilmoqda.
91 kilogramm:
Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam - 3:0
75 kilogramm:
Isroil Madrimov - Rajab Rajabov 3:0
64 kilogramm:
Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov - 2 : 1
Keyingi raundlarda ham Abduraimov vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilib, nihoyat o‘z maqsadiga etdi.
Birinchi raund: Ilk jangdagi kabi bu bokschilar ham ehtiyotkorlikka amal qilishdi. Biroz o‘tib, rus bokschisi faollashdi va bir necha bor Elnurga zarbalar yomg‘irini yog‘dirdi.
56 kilogramm:
Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov - 3:0.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Dastlab ringga rossiyalik bokschi taklif qilindi.
Beshinchi raund: Aniq zarbalari bo‘yicha ustunlik qilgan bokschimiz hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topildi.
To‘rtinchi raund: To‘rtinchi raundga kelib, bokschilar ancha kuch sarflashgani biroz sezildi va bir-birini klinch holatiga ushlab turishdi. Raund so‘nggida esa Shorahmatov faollashdi.
Uchinchi raund: Bu raundda har ikki bokschi ham faol ishtirok etib, oldinga tashlanishdi va zarbalar almashishdi.Umid qilamizki, keyingi raundda Abdulhay ustunlikni qo‘lga oladi.
Ikkinchi raund: Ikkinchi raundda esa bokschimiz yana faollik oshirib, aniq zarbalari bo‘yicha oldinga chiqib oldi. Raqib esa himoyadan hujumga o‘tishga harakat qildi, biroq Abdulhay bunga imkon bermadi.
Birinchi raund: Ilk daqiqalarda a.har ikki bokschilar ancha ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi va bir-birlarini o‘rganishdi. Biroq raund so‘nggida esa Abdulhay biroz faollik oshirdi.
Fikrlar