
WBO prezidenti: Kovalev yarim og‘ir vaznda har qanday raqibni enga oladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) prezidenti Frantsisko Valkarsel yarim og‘ir vazn toifasida WBO kamari uchun kechgan jangda imkoniyatni boy bergan rossiyalik Sergey Kovalevning faoliyatini yakunlashi vaqti kelganini aytib o‘tdi. Bu bokschi so‘ngi jangida Eleyder Alvaresdan nokaut qabul qilib olgan edi.
— Kovalyov kuchli raqib bilan kuch sinashdi, ammo uni mag‘lub etishdi. Sergey qaytishi va yana chempion bo‘lishi mumkin. U hozir faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida emas va oldingiga qaraganda 75% natija qayd etmoqda. Ammo shuni aytishim mumkinki, Kovalyov yarim og‘ir vazn toifasida har qanday raqibni mag‘lub eta oladi, — deydi Valkarsel.
Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionlik jangi 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar kechasi Atlantik-Siti (Nyu-Jersi shtati, AQSh) shahrida bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar