
"Vest Xem" xo‘jayini: Bilichni ertaroq haydamaganimdan afsusdaman
Londonning “Vest Xem” klubi xo‘jayinlaridan biri Devid Sallivan rahbariyat Slaven Bilichni mavsumlar oralig‘idayoq iste’foga chiqarishi kerak edi deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tish lozimki, “bolg‘achilar” xorvatiyalik mutaxassisni jamoa APLning 11 turidan so‘ng 9 ochko bilan 18-o‘ringa tushib ketganidan so‘ng iste’foga chiqarishgan edi.
“Ehtimol, biz bosh murabbiy masalasini o‘tgan yozdayoq hal qilishimiz kerak edi, ammo biz kutishga qaror qildik. Slaven yaxshi inson, lekin u hozir dam olishi va kuch to‘plashi kerak.
Biz uni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldik. Men bu haqdagi qarorimni aytganimdan so‘ng u ketdi. Balkim u odamlarga yoqar, lekin biz g‘alaba qozonishimiz kerak”, - deydi Sallivan The Sun nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Bilichning “Vest Xem”dagi o‘rnini Devid Moyes egalladi.
Fikrlar