"Vest Xem" Bilichga yana imkoniyat berdi
Londonning “Vest Xem” klubi rahbariyati APLning o‘tgan 9ta tur yakunlariga ko‘ra jamoa 16-pog‘onani egallab turganiga qaramay bosh murabbiy Slaven Bilichni iste’foga chiqarishga shoshilmayapti.
Xorvatiyalik mutaxassisga vaziyatni to‘g‘rilash uchun so‘nggi imkoniyat sifatida oldinda turgan 2ta bahs sinov tariqasida berildi. Agar “bolg‘achilar” 25 oktyabr kuni Angliya liga kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi va 28 oktyabr kuni premer-liga doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinlarda ijobiy natijalar qayd eta olishmasa, bilich iste’foga chiqariladi.
Qayd etish lozimki, Bilichning “Vest Xem” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggiga qadar imzolangan.



Fikrlar