Vertolyotdagi taylandlik sehrgar «uchib ketdi»

  • 30 oktabr, 2018, 15:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vertolyot qulashining sabablaridan biri sifatida boshqaruvni yo‘qotish ekanligi aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «tulkilar» xo‘jayini bilan birga bortda yana 4 kishi, shuningdek, prezidentning qizi ham bo‘lgan. Maqola yozilayotgan vaqtda qulash bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Ammo futbol muxlislari uchun birinchi galda o‘lim tafsilotlari emas, «endi nima bo‘ladi?» degan savol muhim. Axir taylandlik milliarderni pul qopi bor odam deyish qiyin. Birinchi navbatda u klub uchun ko‘p narsa bergan shaxs hisoblanadi. Shuningdek aynan uning nomi bevosita klubning ikki muhim sovrini – 2015-16-yilgi Premer Liga chempionligi va bir yil o‘tib erishilgan Chempionlar Ligasi chorak finali bilan bog‘liq.

Tecno

Barchasi nimadan boshlangandi?

Vishay Shrivaddanaprabxaning xizmatlarini aytishdan oldin uning biografiyasidagi ba’zi qiziqarli lahzalarni eslash joiz. Zero mana shular ushbu shaxsning va klubning burilish nuqtasi hisoblanadi. Kim bilsin, agarda u boshqa klubni sotib olganida (u London jamoalaridan birini olmoqchi edi) ehtimol shanba kungi vertolyot halokati sodir bo‘lmasmidi.

Demak, 2004-05-yilgi mavsum. «Lester» nomli futbol jamoasi bir yillik tanaffus bilan bir necha yil Premer Liganing o‘rtamiyona klubi bo‘lib keldi. Ammo bir necha oy o‘tib ular Angliyada kuchi bo‘yicha ikkinchi liga hisoblangan Chempionshipga tushib ketdi. 2009-10-yilgi mavsumda vaziyat biroz o‘zgardi. Jamoa Premer Liga yo‘llanmasini beruvchi pley-off bosqichiga qadar etib keldi. Biroq yakunda ular raqibiga engildi.

Aynan o‘sha pallada katta sahnaga Vishay chiqib keladi. U o‘zining «King Power» xususiy kompaniyasi bilan 2010-yilda homiylik qiladi. Bir necha hafta o‘tib taylandlik biznesmen Milan Mandarichga tegishli «tulkilar»ni to‘liq sotib olishga qaror qiladi. Aytgancha, ko‘plab manbalarga ko‘ra, klub uning o‘g‘li Ayavattadan sovg‘a bo‘lishi aytiladi. Ammo hozir ko‘rib turganimizdek, barchasi bunday sxemalardan holi bo‘lgan. 2010-yildayoq u ingliz jamoasining to‘laqonli xo‘jayiniga aylandi va klubni iqtisodiy qarorlari bilan Chempionshipning o‘rtamiyona o‘rnidan elita ligaga olib chiqishga jiddiy kirishadi.

Taylandlik milliarderga katta pullarni 1989-yilda asos solgan «King Power» kompaniyasi olib keladi. U Osiyo dagi eng jozibador yo‘nalish – Bangkok aeroportida bojsiz savdo bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar tarmog‘iga asos soladi. Do‘konlar tarmog‘i nomi so‘zma-so‘z «qirol hukmronligi» deb tarjima qilinadi. Ushbu nom tasodif tufayli tanlangan emas. Boshida «King Power» Vishay va rasman hukmron elita bo‘lgan o‘sha vaqtdagi turizm boshqaruvchilariga tegishli bo‘lgan. Keyingi voqealar rivoji kadr ortida davom etgan bo‘lsada, anig‘i shuki Tayland bojxona xizmati chegara orqali kiritmagan xorij kompaniyalarini sun’iy raqobat orqali sindirib tashlaydi. Shrivaddanaprabxa (ungacha tug‘ilishidan Raksriaksorn bo‘lgan. Shrivaddanaprabxa Tayland qiroli tomonidan milliarderga berilgan bir maqom) esa o‘z do‘konlari orqali bundan katta daromad ko‘radi.

Aynan shu sababli dastlabki vaqtlarda Shrivaddanaprabxa Chempionshipni taniqli futbolchilar va murabbiylar bilan jonlantirishga urindi. Ushbu loyihadagi eng taniqlisi albatta jamoani 2010-11-yillarda boshqarish uchun shvetsiyalik murabbiy Sven-Yoran Eriksen taklif qilindi. Ammo bular hech qanday samara bermagach, taylandlik milliarder bosqichma-bosqich rivojlanish strategiyasini tanladi. Bu esa kelajakda «Lester»ning Chempionshipning eng yomon klubidan misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin bo‘ldi.

Botqoqlikdan yuksaklikkacha

Bosqichma-bosqich rivojlanish loyihasi klubni oradan 11 yil o‘tib Premer Ligaga qaytishiga olib keldi. Bu vaqt ichida «Lester» sekinlik bilan Osiyo bozorida, ayniqsa klub xo‘jayinining ona vatanida brend sifatida tanilishiga turtki berdi. Klub Osiyoda o‘sib borayotgan aholisidan qo‘shimcha daromad va uzoq mintaqalarda o‘z brendini tanitishni niyat qilgan grand klublar ortidan bordi. «King Power» do‘konlari klubning rasmiy atributikalari bilan to‘ldirildi, Chempionshipdaligi vaqtidayoq klubning Osiyo bo‘ylab turnelari odatiy holga aylandi. Aynan shu vaqtda «Lester»ning unutilmas tarixi boshlangandi.

Ammo yuqori divizionga qaytgan mavsumida klub sal qolsa yana quyi divizionga ravona bo‘lishiga bir bahya qoldi. Mavsum o‘rtalarida «tulkilar» xavfli zona atrofida aylanib yurdi. Vaziyatni jamoa boshqaruviga olib kelingan Naydjel Pirson qutqardi. U jamoa bilan qatorasiga etti o‘yinlik g‘alabali seriyani o‘rnatdi va klubni elitada olib qoldi. Jamoaning keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi paytida tarkibning uch futbolchisi – Adam Smit, Tom Xopper va bosh murabbiyning o‘g‘li Djeyms Pirsonlar Bangkokdagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan axloqqa zid bo‘lgan ishlari bilan muhokamalar markaziga tushib qoldi. Bu holatga xatto bosh murabbiyning ham aralashib qolgani, videoning internet tarmog‘ida tarqalib ketishi ortidan klub uch futbolchisi bilan darhol xayrlashdi. Sal o‘tmay klubning obro‘sini saqlab qolish uchun bosh murabbiyni ham iste’foga chiqardi. Shrivaddanaprabxa o‘z oldiga klub manfaatlari va obro‘sini saqlash vazifasini qo‘ydi. Sababi muxlislar Pirson timsolida klub haloskorini ko‘rayotgan edi.

Voqealarning keyingi rivoji alohida yodga olishni talab qilmaydi. 2015-yil 13-iyulida «Lester» italiyalik mutaxassis Klaudio Ranerini jalb qildi. Mutaxassis «Monako»ni Frantsiyaning ikkinchi ligasidan oliy ligaga olib chiqib 1 Ligada 2-o‘rinni olganiga qaramay uning «zerikarli» o‘yini tufayli iste’foga chiqarilgandi. Mavsum oralig‘ida esa jamoaga Robert Xut, Kristian Fuks, Sindzi Okadzaki va albatta Ngolo Kante olib kelindi. Transferlarga sarflangan pullar ham alohida e’tiborga molik. 8 yil davomida klub xo‘jayini transferlar uchun qariyb 400 million evro sarfladi. Albatta omadsizlariyam bo‘ldi, ammo tarkibning negizi Frantsiya chempionatida skautlar nazaridan chetda qolgan va «hisobdan chiqarib tashlangan» veteran futbolchilardan iborat bo‘ldi. Skautlar ishini tashkillashtirgani uchun «Lester» xo‘jayiniga alohida rahmat aytishi shart. Skautlar «Gavr»dan Riyod Mahrezni, «Kann»dan Kanteni olib kelishdi.

Yuqorida nomi tilga olinganlar «Lester»ning 2015-16-yilgi chempionligida muhim asos bo‘lishdi. Mavsum yakuniga ko‘ra Shrivaddanaprabxa sovrin uchun jamoasini munosib tarzda qutladi va 19 futbolchisiga yangi BMW i8s avtomobillarini sovg‘a qildi. Bunga sarflangan pullarni havodan keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. G‘alabadan keyinoq klub xo‘jayini birinchi duch kelgan kazinoga xursandchilikni yuvish uchun yo‘l oldi va 2 million dollar yutib oldi. Bunaqa hikoyalarni kamdan-kam kuzatamiz, ammo «Lester»da bu yuz berdi. Aytgancha, Shrivaddanaprabxani «Kardiff Siti»da «muvaffaqiyatli» egalik qilayotgan boshqa bir osiyolik biznesmen Vinset Tan bilan qarama-qarshi tomonga qo‘yishadi. Albatta uning boyligi Uels klubiga o‘z tarixida birinchi marta APL ga ko‘tarilishiga yordam berdi. Ammo klubni targ‘ib qilish metodlari mutlaqo boshqacha va omadsiz edi. Qisqa muddatda klub rangi o‘zgartirildi, to‘liq rebrending o‘tkazildi va muxlislarning ishonchi yo‘qotildi. Shu tufayli muxlislar mavsumiy abonementlarini qaytarib olishni boshlab yuborishdi. Albatta bu alohida hikoya.

Eng yangi tarix va kelajakka nazar

Chempionlikni yutganidan va Chempionlar Ligasida chorak finalgacha etib borganidan keyin Raneriga mavsum startidagi omadsizlik tufayli joy topilmay qoldi. «Lester» asta-sekin o‘rtamiyona klubga aylanib bordi va Premer Ligada o‘ziga tegishli joyga qaytdi. Nomdor jamoalarda pullar ko‘pligi bois klub yuqoriga intiluvchi o‘rtamiyona klubga aylandi-qoldi. Premer Ligani yutganidan keyin klubga sarflangan 200 million evrodan ortiq mablag‘ «tulkilar»ga kuchli to‘rtlik, hattoki oltilikda mustahkam o‘rnashib olishiga hech qanday yordam bermadi. Raneridan keyin jamoani boshqargan Kreyg Shekspirning iste’fosidan keyin Shrivaddanaprabxa boshqa bir frantsiyalik murabbiy – Klod Pyuellni olib keldi. Murabbiy «Lester»ga kelishdan oldin «Sautgempton»da tajriba to‘plagan edi.

Vishay Grivaddanaprabxaning vafotidan keyin uning g‘oyalari, aftidan, davom ettirilsa kerak. Axir uning yonida klub vitse-prezidenti sifatida uning o‘g‘li Ayavat Shrivaddanprabxa faoliyat olib bordi. Mantiqan, aynan u klub xo‘jayiniga aylanadi va oilaviy biznesni davom ettiradi. Odatda bunday maqolalarda o‘quvchini terisigacha kirib boradigan kuchli yakun bo‘ladi. Ammo bu safar bunday bo‘lishi noo‘rin. Vishay o‘z ishini sevgan va yaxshi bajargan boshqaruvchilardan biri hisoblanadi. 2015-16-yilgi ertakning katta qismi unga va uning qarorlariga tegishli.

Endi «sehrgar» ketdi. O‘z jamoasining uy uchrashuvidan keyin qilganidek ko‘k vertolyotida "uchib ketdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!