
Van Gal: Tuyg‘ularimga erk berib, aqlsiz ish qilib qo‘ydim
“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal nima sababdan Belgiya terma jamoasida ishlashdan voz kechganini aytib o‘tdi.
- O‘ylashimcha, o‘z faoliyatimni Belgiya terma jamoasida davom etirsam men uchun ajoyib tajriba bo‘lardi, ammo g‘azablanganim tufayli men bu taklifdan voz kechdim.
Albatta, bunday qaror qabul qilishda xato qildim. O‘zimning tuyg‘ularimga erk berib, aqlsiz ish qilib qo‘ydim. Men o‘z ishimning ustasi, muvaffaqiyatli murabbiy edim va jaxon futboliga zararim tegmasligini xohlardim.
MYu rahbariyati men bilan dahshatli munosabatda bo‘ldilar va buni “Yunayted” sobiq futbolchilari boshlashgandi, ularning noroziliklari men qo‘yayotgan o‘yin uslubida edi. O‘sha davrda biz uyishgan va aniq o‘yinni yo‘lga qo‘ygandik, ammo futbolchilar o‘rtasida obro‘-e’tibor yo‘qotishim, o‘yin uslubimni o‘zgarishiga olib keldi, - deydi van Gal Volkskrant nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar