
Valverde: Messining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishni istamadik
“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Inter”ga qarshi (1:1) EChL 4-tur o‘yinidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Guruh uchrashuvlari yakunlanmasidan EChL pley-off bosqichiga chiqqanimizdan mamnunman. Messining o‘yin qaydnomasiga kiritilmasligining sababi shundaki, uning sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishni istamadik.
Mashg‘ulotlarda o‘zini ehtiyot qilish mumkin, ammo o‘yin vaqtida har narsa sodir bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu kabi o‘yinlarda kutilmagan to‘qnashuv va yiqilishlar ko‘p bo‘ladi. Leo bilan gaplashib olgandik – bu mashg‘ulot emas”, – dedi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvdan keyin “Barselona” muddatidan avval EChL pley-off bosqichiga chiqdi va joriy mavsumda ushbu natijani qayd etgan ilk klub bo‘ldi.
Fikrlar