Valverde 2 nafar futbolchining "Barselona"dan ketishiga ruxsat berdi

  • 23 yanvar, 2019, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde joriy qishki transferlar davrida 2 nafar futbolchining jamoadan ketishiga ruhsat berdi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap yarim himoyachi Denis Suares va hujumchi Malkomlar haqida ketmoqda. Jamoaga "Sassuolo" xavbeki Kevin-Prins Boateng kelgach ispaniyalik mutaxassis shu qarorga kelgan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Suares joriy mavsum "Barselona" safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi. Unga "Arsenal", "Chelsi" va "Monako" klublaridan qiziqishlar mavjud.

21 yoshli Malkom joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Unga "Roma", "Latsio", "Tottenxem", "Everton" va "Guanchjou Evergrand" klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!