
"Valensiya" etakchisi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsn o‘tkazib yuboradi
"Valensiya" klubining etakchi hujumchisi Gonsalu Gedesh ertaga "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL guruh bosqich so‘nggi turida jamoasiga yordam berolmaydi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli porutgaliyalik futbolchi o‘tgan hafta son mushaklaridan olgan jarohatidan hali to‘liq sog‘ayib ulgurmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Valensiya" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ertaga 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar