"Uzbek Tigers" bokschilari "China Dragons" jamoasini engishga so‘z berdi!

CHERY AUTO

18 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari ettinchi mavsumi doirasida "Uzbek Tigers" - "China Dragons" jamoalari o‘rtasida to‘rtinchi tur uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tecno
 

Ertangi uchrashuv har ikki jamoa vakillari uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Chunki "S" guruhidan o‘rin olgan to‘rt jamoaning barchasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega.

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi oldidan SPORTS.uz axborot portali muxbiri ringga chiqadigan bokschilardan uch nafari - O‘zbekiston chempionatlari sovrindori Abrorjon Qodirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Bektemir Meliqo‘ziev va jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov bilan suhbatlashdi.

Abrorjon, ertangi raqib haqida nimalar deya olasiz?

- Raqibim kuchli va tajribali bokschi. Yong Chang o‘z vaqtida Osiyo chempioni bo‘lgan. Men avval bu bokschi bilan ringda to‘qnash kelmaganman. Lekin mashg‘ulotlar jarayonida uning janglarini tomosha qildik. Ustozlarim uning jang uslubini tahlil qilib berishdi va tayyorgarlik jarayonida buni inobatga olib ishladik.

Albatta, raqibim ham meni o‘rganishga harakat qilgani aniq. U ham bu jangga tayyorlangan. G‘alaba kimga nasib etishi ertaga ring ko‘rsatadi. Lekin "Uzbek Tigers" bokschilari ertaga ham faqat g‘alaba uchun jang qiladi.

Bektemir, bo‘lajak jang haqida fikringiz qanday?

- Biz ertaga faqat g‘alabani ko‘zlab ringga chiqamiz. Birinchi ikkita uchrashuvda kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradik. o‘sha janglardan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Kamchiliklarimiz ustida juda ko‘p uishladik. Bu mehnatlarimiz samara beryapti va biz guruhdagi vaziyatni o‘nglayapmiz.

"Uzbek Tigers" ahil jamoa, muhit a’lo darajada, tayyorgarligimiz puxta va eng muhimi, bokschilarimizda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilish ishtiyoqi kuchli. O‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida har qanday raqibni engishimiz shart.

Bahodir bo‘lajak jangga tayyorgarlik qanday bo‘ldi?

- WSB turnirida kuchsiz jamoaning o‘zi bo‘lmaydi. Har bir raqib o‘ziga xos kuchga, tajribaga va mahoratga ega. Albatta, "Uzbek Tigers" bokschilari ham imkon qadar ko‘proq g‘alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlash uchun jang qiladi. Har bir uchrashuvga alohida taktika asosida hozirlik ko‘riladi.

"China Dragons" jamoasi ham kuchli bokschilardan tarkib topgan. Men ham raqibimni o‘rganib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdim. Nasib qilsa, ertaga "Uzbek Tigers" muxlislik qilayotgan va bizni qo‘llab-quvvatlash uchun keladigan hamyurtlarimiz ishonchini oqlaymiz.

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi natijalari SPORTS.uz axborot portalida onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!