"Uzbek Tigers": Bugun bokschilar toroziga chiqadi

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhidagi so‘nggi uchrashuvini safarda "Patriot boxing team" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 21 aprel kuni bo‘ladi.

Bugun "Uzbek Tigers" va "Patriot boxing team" jamoalari a’zolari ikkita rasmiy tadbir - vazn o‘lchash marosimi va matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Perm shahri mezbonlik qiladigan musobaqada quyidagi janglar tashkil etiladi:

52 kilogramm

Abrorjon Qodirov - Vyacheslav Tashkarakov

60 kilogramm

Ulug‘bek Do‘smurodov - Konstantin Bogomazov

69 kilogramm

Odiljon Aslonov - Artyom Zaytsev

81 kilogramm

Madiyor Saidrahimov - Pavel Pilyagin

+91 kilogramm

Mirzobek Hasanov - Artyom Sutlenkov

Uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlar, tafsilotlar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!