"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" uchrashuvida O‘zbekiston bokschilarini qo‘llab-quvvatlang (video)

CHERY AUTO

 

Tecno
 

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi o‘z g‘alabalari bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘lmoqda.

"O‘zbek yo‘lbarslari" Toshkent shahrida o‘tgan uchrashuvlarda guruhdagi raqiblari - Rossiyaning "Patriot Boxing Team" va Xitoyning "China Dragons" jamoalarini bir xil - 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhining beshinchi tur uchrashuvida guruh peshqadami "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasini qabul qiladi.

Muhim uchrashuvda O‘zbekiston bokschilarini qo‘llab quvvatlang!

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" uchrashuvi 1 aprel kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida soat 18:30 da boshlanadi.

O‘zbekiston boks federatsiya hamkorlik asosida tayyorlangan va "Uzbek Tigers" bokschilarining g‘alaba onlari aks etgan quyidagi videorolikni SPORTS.uz axborot portali e’tiboringizga havola qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!