
Unai Emeri "Fulxem"ga qarshi bahsdan so‘ng nimalar dedi?
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha APLning 21-turida "Fulxem" (4:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Biz g‘alaba qozonishga maqsad qilgan edik va bugungi natija bizga ishonch bag‘ishladi. “Arsenal” mutlaq haqli g‘alabaga erishdi. Bugungi o‘yindagi gollarimizni turli futbolchilar kiritdi, bu esa o‘yin uslubimizni yanada xilma-xilligini oshiradi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” ayni damda 41 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar