
UEFAning 10 yillik iqtisodiy hisoboti. 2-qism (Erkin G‘aybullaev blogi)
Birinchi qism uchun quyidagi linkni bosing
Klub xo‘jayinlari va homiylar
Eng ko‘p xorijlik xo‘jayinlar APLga to‘g‘ri keladi. Chempionatdagi barcha klublar xususiy hisoblanadi. 20 tadan 13 tasi xorijliklarga tegishli. Italiyada ham barcha 20 jamoa xususiy hisoblanadi. Ammo xorijliklarga atigi 4 ta klub tegishli. Frantsiyada esa atigi 4 tasi. Rossiyada esa barcha xususiy klublar (qog‘ozda chempionatning yarmi) rossiyaliklarga tegishli. Qolgan yarmi esa ommaviy kompaniyalarga tegishli. Ular ham o‘z navbatida davlat strukturalari bilan bog‘liq.
APL xorijlik homiylar bo‘yicha ham etakchi hisoblanadi. Bu erda 17 klub chet ellik homiylarga ega. Shuningdek Ispaniya va Ukrainada ham chempionatning yarmi chet ellik homiylarga ega. Rossiyada esa atigi bitta xorijlik homiy bor.
Daromadlar
APL bu bo‘yicha ham peshqadam. 2017 moliyaviy yilda uning daromadlari Evropa bozorining 27 % ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular Ispaniya va Germaniyaning birgalikdagi ko‘rsatkichidan (14 % dan) 1 % kam. Ispaniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2008-yilga kelib Bundesliga bilan tenglashib olgan.
RPL ning ulushi 2014-yilgacha oshdi va umumiy daromadning 6 % ni hosil qildi. Ammo 2014-yildan tusha boshladi va ayni vaqtda Turkiya (4%) bilan teng.
Daromadlarning o‘sish protsenti bo‘yicha RPL APL, Bundesliga, La Liga va Turkiya chempionati bilan bir xil darajada. APLda daromadlarning o‘rtacha o‘sishi (144.3 mln) Germaniya (76.6) va Ispaniyadan (72.5 mln) ikki baravar ko‘p.
Klublar orasida esa “Manchester Yunayted” (676 mln evro) yaqqol etakchi. Ammo “MYu”ning daromadlari so‘nggi vaqtlarda tushib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Real” undan atigi 1 mln evro kam daromad topgan.
Top-30 ga 2017-yilda APLning naq 13 jamoasi, La Liganing uchta, Bundesliganing oltita, A Seriyaning beshta, shuningdek ikki frantsuz lkubi va bitta rus klubi – “Zenit” kirgan. Rus klubi 28-o‘rinda “Stok Siti” va “Kristal Pelas” orasidan joy olgan.
Telehuquqlardan tushadigan daromad bo‘yicha ham APL etakchilik qilmoqda. Uning hisobiga 54 % to‘g‘ri kelmoqda.
Evropada TV dan tushadigan daromadlar top-20 taligida 17 ingliz klublari bor. 6-o‘ringa (“Everton” va “Arsenal” orasida) “Barselona” joy olgan. 12-o‘rinda (“Vest Xem” va “Lester” orasida) “Real” bor. 20-o‘rinda esa “Byornli” kimsan “Yuventus” bilan bir safda turibdi.
Rus klublari TV dan o‘rtacha 2.8 mln evro daromad oladi. Bu top-20 talikdagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. TV shartnomalar RPL klublarining 5 % daromadini tashkil qiladi.
61 % daromadni rossiyalik klublar homiylardan oladi. Bu Evropadagi eng yuqori natija. Rus jamoasi o‘rtacha homiydan naq 31 mln evro pul oladi. Bu raqam Italiya va Frantsiyadagidan ancha ko‘p. Ammo top chempionatlarda homiylardan tushadigan daromad byudjetning atigi 24-40 % ni tashkil qiladi.
Tashrif buyurish
Rus klublaridan tomoshabinlardan tushadigan daromad ancha pastni tashkil qiladi. Har bir kishidan o‘rtacha 15.3 evro oladi. Evropada bu ko‘rsatkich bilan ular 13-o‘rinda bormoqda.
Top-30 da muxlislardan tushadigan daromad bo‘yicha “Spartak” (31 evro) o‘rin olgan. Etakchilar – “PSJ” va “Chelsi” – har biri bir kishidan 87 evro atrofida daromad oladi.
2017/18-yilda RPL Evropada stadionga tashrif buyurish bo‘yicha 8-o‘rinni egalladi. Qariyb 14 ming muxlis o‘yinlarni bevosita stadiondan turib kuzatgan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori natija – Germaniyada (44.5 ming), kuchli ettilikdan shuningdek Angliya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Gollandiya va Shotlandiya o‘rin olgan.
O‘rtacha tashrif buyuruvchilarning o‘sishi bo‘yicha “Zenit” faqatgina “Tottenxem”dan o‘zib ketgan.
Qarzlar
Sof qarz – bu kreditorlar oldidagi qarz mablag‘i. (ochiqroq aytganda, klubning 300 million evro qarzi bo‘lsa, ammo bank hisob raqamlarida 200 million bo‘lsa, sof qarz 100 million evro deb hisoblanadi)
Klublar kesimida qarzlar:
Sports.ru ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Fikrlar