
Trampolinchilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi
7-10 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida trampolinda sakrash bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning sara sportchilari orasida terma jamoamiz vakillari ham ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Kecha musobaqada ishtirok etish uchun terma jamoamiz vakillari Rossiyaga jo‘nab ketishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini 4 sportchimiz himoya qilishadi: Samir Usmonov, Amiran Babayan, Mohirbek Olimjonov va Farangiz Ro‘zieva.
Dasturga ko‘ra, terma jamoamiz vakillari yakkalik va juftlik bahslarida o‘z chiqishlarini namoyish etadilar. Bo‘lajak musobaqada vakillarimizga omad yor bo‘lsin!
Fikrlar