
Trampolin: Vakillarimiz eng so‘nggi o‘rinlarda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan trampolinda sakrash bo‘yicha ayollar bahsidan so‘ng erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar ham o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu yo‘nalishda hamyurtlarimiz Samirbek Usmonov va Amiran Babayanlar ham ishtirok etdi. Xususan, ushbu bellashuvlarda Samirbek Usmonov 53,330 ball bilan ettinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Amiran Babayan 45,230 ball bilan eng so‘nggi o‘rinni egalladi.
Qayd etish lozim, ushbu yo‘nalishda xitoyliklardan Dong Dong oltin, Lei Gao kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qozog‘iston vakili Pirmammad Aliev kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Fikrlar