
"Tottenxem"ga Simeone kerak
Londonning "Tottenxem" klubi "Fiorentina" forvardi Jovanni Simeonega jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Xabarlarga qaraganda “shporlar” 23 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonishmoqda.
Ma’lumot uchun, Jovanni Simeone “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi. U o‘tgan mavsum "Fiorentina" safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar