
"Tottenxem" himoyachisi yozda "Inter"ga o‘tishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha 31 yoshli belgiyalik futbolchiga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Milanliklar joriy mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan Vertongenni yozda tekinga qo‘lga kiritmoqchi.
Ma’lumot uchun, Vertongen joriy mavsum “shporlar” safida APLda jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 1ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar