Tojikiston JChda o‘ynashi mumkin

  • 28 sentabr, 2018, 12:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qo‘shnilarimiz Malayziyada o‘tayotgan o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi qit’a birinchiliging chorak final bosqichiga chiqishdi.

Tecno

30 sentyabr kuni ushbu bosqichda ular KXDR termasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv g‘olibi esa yarim finalga chiqish bilan  birga kelgusi yili Peru maydonlarida o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘tgan yili Saudiya Arabistonida o‘tgan Osiyo chempionati uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida guruhda uchinchi o‘rinni olib, xattoki qit’a birinchiligida o‘ynash huquqini ham qo‘lga kirita olmagan edi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi 2007 yil Janubiy Koreyada xuddi shu yosh toifasida bo‘lib o‘tgan JChda 1/8 finalga qadar etib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!