
Tennis qiroli Tsintsinnati turnirida qatnashmaydi
Ayni kunlarda AQShning Tsintsinnati shahrida tennis olamidagi eng yirik musobaqalardan biri start oldi. Biroq ushbu nufuzli turnirda ayni paytda jahon reytingini boshqarib borayotgan ispaniyalik raketka ustasi Rafael Nadal ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
"Baxtga qarshi, Ogayodagi musobaqada ishtirok eta olmayman. Sog‘ligim haqida o‘ylashim kerak. Musobaqa direktori meni to‘g‘ri tushungani uchun minnatdorman. O‘ylashimcha, bu bilan turnir dajarasiga salbiy ta’sir bo‘lmaydi. Bunday qaror qabul qilishim kerak edi. Albatta, turnirlarni o‘tkazib yuborish yoqmaydi, ammo sog‘likni tiklash uchun shunday qaror qilishim kerak edi. Hali oldinda Devis kubogining yarim finali va AQSh ochiq chempionati turibdi", – deydi ispaniyalik raketka ustasi.
Fikrlar