
Taekvondochilarimiz Turkiyadagi reyting musobaqalarida ishtirok etishadi
Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari «President’s Cup European region» hamda «Turkish Open 2019» musobaqasida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l olishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Sportchilarimiz mazkur turnirlar orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini jamg‘arishlari mumkin bo‘ladi.
Terma jamoamiz Turkiyaga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Erkaklar:
-54 kg: Bahrom Abdullaev
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Bekzod Ibragimov
-63 kg: Sardor Toirov
-63 kg: Temurbek Urolov
-68 kg: Jasurbek Jaysunov
-68 kg: Hojiakbar Zokirov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Maksim Rafalovich
-80 kg: Shuxrat Salaev
-87 kg: Davron Azimov
+87 kg: Shoxrux Rajabov
Ayollar:
-46 kg: Shohsanam A’zamova
-49 kg: Madina Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Zariya Kasimova
-62 kg: Feruza Sodikova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
-73 kg: Maftuna Ergasheva
+73 kg: Svetlana Osipova.
Murabbiylar: Bobur Qo‘ziev, Aleksandr Kim, Pahlavon Sobirov.
Shifokor: Aliya Irmanova.
Musobaqalar 16 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar