
Taekvondochilarimiz Las-Vegasdagi turnirda Tokio Olimpiadasi uchun dastlabki reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi
AQShning Las-Vegas shahrida taekvondo bo‘yicha G-2 turkumiga kuruvchi “President’s CUP” xalqaro reyting musobaqasi yakuniga etdi.
Jahonning 70 ga yaqin davlatidan 1500 nafardan ziyod sportchi qatnashgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini 4 nafar hamyurtimiz himoya qilishdi va bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni 68 kg vazn toifasida Jasurbek Jaysunov olib kelgan edi. U turnirda barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Xotin-qizlar bellashuvlarida esa 55 kg vazn toifasida Mirabzalova Madina kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Mannopova Madina (49 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar