Sulsher MYu tarixiga kirdi. Bunaqasi xatto Aleks Fergyusonda ham bo‘lmagan
Xabaringiz bor kecha “Manchester Yunayted” Angliya kubogi 1/16 finali doirasida safarda “Arsenal” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bu Ole-Gunnar Sulsherning MYu boshqaruvidagi ketma-ket 8-g‘alabasi bo‘ldi. Bu esa klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Xatto, “Yunayted” tarixidagi eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etiladigan Aleks Fergyuson ham o‘zining debyut mavsumida 8ta g‘alaba qo‘lga kiritishi uchun 19ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” o‘tgan 8ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 22ta gol urgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 5ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar