"Sport" telekanalida Superliga 22-turining 2 ta o‘yini namoyish etilmaydi. Nega?

  • 15 avgust, 2018, 12:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliga 22-turining taqvimi PFL tomonidan qayta e’lon qilinganda mana bunday ko‘rinishda edi.
22-tur
17 avgust, juma
18:30 - “Neftchi” — “Qo‘qon-1912”
20:30 - “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona”
20:30 - “Buxoro” — “Lokomotiv”

Tecno

18 avgust, shanba
18:00 - AGMK — “Metallurg”
20:00 - “Paxtakor” — “Nasaf
20:00 - “Qizilqum” — “Navbahor”
Telekanal o‘z dasturlarini mana shu taqvim asosida shakllantirdi. TV dasturlari va texnika ta’minoti 6 avgust kuni tasdiqlandi. 13 avgust, tur boshlanishiga 4 kun qolganida PFL Superliga 22-tur taqvimiga o‘zgarish kiritdi.
17 avgust, juma
20:30 “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona”
20:30 “Neftchi” — “Qo‘qon-1912”
20:30 AGMK — “Metallurg”
20:30 “Buxoro” — “Lokomotiv”

18 avgust, shanba
20:00 “Paxtakor” — “Nasaf”
20:00 “Qizilqum” — “Navbahor”
Unga ko‘ra, PFL AGMK — “Metallurg” o‘yinini 17 avgust sanasiga ko‘chirdi. 18 avgust — shanba kuni esa yana 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Taqvimda o‘yinlar kuni va soatida o‘zgarish bor. Telekanalni PFL o‘yinlar vaqtini o‘zgartirish va o‘yinlar soat 20:30 belgilash borasida 13 avgustga qadar ogohlantirilmagan. O‘yinlar KTS orqali tasvirga olinadi. KTS esa “Sport” TV ga emas, MTRKga tegishli bo‘lib, KTSlar turli davlat tadbirlarini tasvirga olish uchun ham jalb qilinadi, ularning ish rejasi oldindan tasdiqlanadi. Dasturlardagi keskin o‘zgarish va texnika ta’minoti sabab, “Neftchi” — “Qo‘qon-1912” va AGMK — “Metallurg” uchrashuvlarini "Sport" telekanali namoyish etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!