Soyliq qishlog‘ida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi (foto)

CHERY AUTO

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Soliq qishloq fuqarolar yig‘ini sovrini uchun uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

  - Uloq-ko‘pkari musobaqasini har yili o‘tkazamiz, - deydi Soliq qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Nig‘mat Normatov.- Qishlog‘imizda chavandozlikni xushlovchi aholi ko‘pchilikni tashkil etgani bois ham, shu xayrli ishga qo‘l urganmiz. Tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi (Xayrullo Yunusov) bilan hamkorlikda musobaqalar o‘tkazib turamiz.

Musobaqa juda qiziqarli o‘tdi. 300 ga yaqin chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Qishloq fuqarolar yig‘ini tomonidan ta’sis etilgan sovrinlar Sherxon Qoraboev, G‘ani Qurbonov, Bovur Abilov kabi chavandozlarga nasib etdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!