“Sog‘lom avlod” stadionida O‘zbekiston U-23 – Keniya U-23 o‘yini uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

  • 21 mart, 2018, 18:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sog‘lom avlod” stadioni O‘zbekiston U-23 – Keniya U-23 o‘yiniga tayyorlanmoqda. Xabaringiz bir 23 mart kuni Andijonda O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik bellashuvi o‘tkazishadi.

Tecno

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘yinni qabul qiladigan "Sog‘lom avlod" stadionida tayyorgarchilik ishlari a’lo darajada olib borilmoqda.

Stadionda kichik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va mahsus bannerlar tayyorlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Keniya  olimpiya terma jamoasining 1-o‘rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!