
Sloan Stivens Singapurda g‘alaba qozondi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens va yaponiyalik Naomi Osaku Singapurda o‘tayotgan "WTA"ning yakuni turnirida o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqaning qizil guruhidan joy olgan ushbu uchrashuvda Sloan raqibini uch setda – 7:5, 4:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Stivens o‘z guruhida vaqtinchalik peshqadamga aylandi.
Fikrlar