
Simona Xalep: Tsurenkoni doimo enga olishimga ishonaman
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Doxa shahrida o‘tayotgan "Qatar Total Open" turnirida ukrainalik Lesya Tsurenko ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, shunday dedi:
" Tsurenko koptokni yaxshi his qiladi, va uning to‘p uzatmalarini qabul qilish og‘ir. Biroq men uning qanday zarba berishini yaxshi bilaman va ularni qabul qilishda qiynalmayman. Shu sababli ham doimo g‘alaba qozonaman.
Gyorges bilan qanday o‘yin namoyish etishimni bilmayman. Yuliya yaxshi to‘p uzatadi va uning forxend zarbasi kuchli. Nima bo‘lsa ham, men oxirigacha kurashaman.", - deydi Xalep.
Fikrlar