
Shveytsariyalik shpagachilar jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi
Xitoyning Usi shahrida davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kun dasturida erkaklar o‘rtasida shpaga qurolida jamoaviy bellashuvlar yakuniga etdi.
Kecha saralash bahslari o‘tkazilib, medallar uchun kurashuvchi jamoalar aniqlab olingan edi. Unga ko‘ra, barcha raqiblarini yaqqol ustunlik bilan dog‘da qoldirgan Shveytsariya terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Ular finalda Janubiy Koreya terma jamoasini 36:31 hisobida dog‘da qoldirgan edi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda rossiyalik shpagachilar Frantsiya terma jamoasini 45:35 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu toifada ishtirok etgan terma jamoamiz birinchi davrada musobaqa mezbonlariga 43:44 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar