Shumaxerning ahvoli 2013 yildan beri ilk marta yaxshilandi

CHERY AUTO

“Formula-1” bo‘yicha etti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer besh yil oldin Frantsiya tog‘li kurortlaridan birida yuz bergan voqeadan so‘ng joyidan qo‘zg‘aldi, deya xabar NEWS nashri.

Tecno

Manbada yozilishicha, bu yaxshilanishga qaramasdan Shumaxerning oyoqqa turib ketishiga biror narsa deyish hamon qiyin bo‘lish bilan birga qimmat davolanishni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, sobiq pilotning haftalik davolanishi uchun 50 ming funtdan ko‘proq sarflanmoqda.

Shuningdek, Shumaxer o‘z uyida, Shveytsariyadagi Jeneva ko‘li yaqinida davolanmoqda. Endi katta ehtimolga ko‘ra, uni AQShning Dallas klinikasiga ko‘chirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sobiq “Ferrari” piloti Frantsiyaning Alp tog‘larida chang‘i uchish vaqtida boshidan jiddiy jarohat olgan edi. Bu voqea bundan 5 yil muqaddam, aniqrog‘i 2013 yil 29 dekabr kuni yuz bergan. Shundan beri ko‘plab murakkab operatsiyalar o‘tkazildi, biroq hamon u oldingidek o‘ziga kelganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!