
Shota Arveladze: Raqiblar va hakamlardan bir bosh ustun edik
"Barcha o‘yinlar finaldek o‘tmoqda. Biz hamma o‘yinni bugungidek o‘tkazishni istaymiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, raqibdan va hakamlardan bir kalla ustun edik. Stadionga kelgan ko‘plab muxlislar bugun chiroyli futbol tomosha qilishdi. Toshkentda ham futbolni sevishlarini ko‘rayapmiz. Yana bir bor futbolchilarimni tabriklamoqchiman.
Hakamlar qarorlari haqida tegishlicha yozamiz. Vaziyat chegaradan chiqib ketdi. Barcha xato qiladi, tan olaman, lekin endi bu juda shubhali tuyulmoqda. Golni bunday bekor qilishmaydi. Agar hakamlar zarur darajada bilmasa, o‘qishsin. Boshidan hakamlarning yonini olganman. Futbol, muxlislar, hakamlar va maydon butun bir narsa. Ularning birisiz futbol to‘liq bo‘lmaydi. Angliya va Ispaniya chempionatini hamma maqtaydi, sababi ularda bu bog‘liqlik to‘g‘ri.
Ayni paytda biz yaxshi o‘ynayapmiz. Umid qilamanki, zaxirada o‘z vaqtini kutayotgan va maydonga tushadigan futbolchilar ham butun jamoa haqida qayg‘urishmoqda.
Masharipov ko‘proq darvozaga zarba berishini istayman, unda gollar va golli paslar ko‘proq bo‘lishini xohlayman. Maydonda "jahldor" bo‘lishi kerak. Raqib jarima maydoni ichiga kirib nima qilib bo‘lsa ham zarba berishini xohlayman", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar