
Shonig‘matjon Shofayziev chorak finalga chiqdi
Belarusda o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqaning juftlik bahslarida Shonig‘matjon Shofayziev chorak finalga chiqdi.
Shonig‘matjon turnirning birinchi davrasida rossiyalik sherigi Yan Bondarevskiy bilan birga mezbon tennischilari – Aleksandr Bulitski va Aleksandr Prudnikau usttdan 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov ikkinchi davrada turkiyalik Sharp Agabigunga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar