Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin! (Video)

  • 29 dekabr, 2018, 14:29
  • 5
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizda shu kunlarda yangi yil bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bayramlar ichida mo‘jizalar uchrashi bilan ajralib turuvchi ushbu bayramda o‘zbek boks olamida ajoyib hodisa yuz berdi.

Tecno

Poytaxtimiz restorantlarining birida ikki o‘zbek professional boksining yorqin yulduzlari engilmas va nokautchi Shohjahon Ergashev hamda Shahram G‘iyosov o‘zaro to‘qnash kelib qoldi.

Ushbu to‘qnashuvda hech qanday ko‘ngilsiz voqea yuz bermadi. Ushbu holatga oydinlik kiritish uchun Sports.uz internet portali mahsus muxbiri Shohjahondan izoh so‘radi.

"Ha biz uchrashdik, bu voqea qachonlardir sodir bo‘lishi kerak edi. Agarda promoutorlarimiz kelisha olsa, O‘rtamizda jang bo‘lishi mumkin. Bu jang albatta O‘zbekistonda o‘tadi. Shahram ham jangga tayyor va o‘tkazishga qarshi emas", – deydi Sh.Ergashev.

Voqealar rivojini Sports.uz saytida kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Botir Tojiboev
29/12/2018 18:02
Hali erta deb oylayman lekin bu jang qachonlardir bolishi kerak omad bularga
&
darwesh
29/12/2018 16:37
Бу иккиси хаммани ютиб охирида иккаласи жанг килса, арзийди.
&
King of World
30/12/2018 08:28
To‘g‘ri
&
King of World
29/12/2018 19:17
Бунақа бўлмаса керак. Қачонки, ҳар иккаласи чемпионлик камарлари бўлса бирлаштирувчи жанг бўлиши мумкин.
zohir_t
29/12/2018 15:30
Ehhe, shou ko'rarkanmizda, a tak shohjahon judaaaa maqtanchoqlikni kasb qilgan, ikkisigayam omad